Yangiliklar

not found

Ko‘ngillarning bahori – Navro‘z  

Tabiat uyg‘onib, ko‘ngillar yayramoqda. Borliqqa sepini yoyib, ko‘rku tarovatini ko‘z-ko‘z etayotgan bahor qalblarga Navro‘z shukuhi bilan kirib kelmoqda. Darhaqiqat, ko‘klam tarovatini qalblarimizga yanada chuqurroq kirib borishida Navro‘zning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni, xalqimizning ming yillar davomida saqlanib kelayotgan qadimiy urf-odat va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Uning betakror tarovatidan dillar quvnaydi. Yon-atrofdagi uyg‘onish va poklanishni ko‘rgan inson borki, yashash va yasharishga ilhomlanadi, qalblarda esa faqatgina beg‘ubor tuyg‘ular jo‘sh uradi. Bahor va Navro‘zga bejizga uyg‘onish fasli, yasharish ayyomi deya taʼrif berilmaydi. Boisi ular nafaqat borliqqa, balki insoniyatga ham umrning betakrorligini, jozibali ekanini anglatib turadi. Eʼtiborli jihati, Navro‘z biror millat yoki davlatning emas, balki insoniyatning bayrami sifatida eʼtirof etilgan. 2009-yil 30-sentyabrda YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2010-yil 19-fevralda BMT Bosh Аssambleyasining 64-sessiyasida 21-martni xalqaro Navro‘z kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bebaho qadriyatlar, go‘zal udumlar, urf-odatlar va marosimlarni namoyon etishga chorlovchi Navro‘z barchamiz uchun qadrli va sevimli. Xush kelding, nafaqat borliqni, balki qalblarni ham yashnatib, go‘zallikka to‘ldirgan yasharish ayyomi, ko‘ngillarning bahori – Navro‘z! Hidoyat SАTTАROVА, Boshqaruv raisi maslahatchisi

  • 21 Mart, 09:00
  • Batafsil
not found

Dori-darmonlarni qabul qilishda eng koʼp uchraydigan xatolar. 2-qism

Dorini qabul qilish vaqtining buzilishi Baʼzi dori-darmonlarni qatʼiy belgilangan vaqtda qabul qilish kerak, shunda ular maksimal taʼsir koʼrsatadi. Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, koʼplab dorilarning taʼsiri aniq qabul qilish vaqtiga bogʼliq emas, aksincha, ularni toʼq yoki och qoringa qabul qilishga bogʼliq. Masalan, ibuprofen kabi yalligʼlanishga qarshi dorilarni ovqat bilan yoki ovqatdan keyin qabul qilish kerakligi maʼlum, aks holda ular oshqozon shilliq qavatiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Parallel ravishda bir nechta dorilarni qabul qilish Ushbu xato yana oʼz-oʼzini davolash bilan bogʼliq. Dori-darmonlarni buyurishda shifokor yana qanday dori-darmonlar qabul qilinayotganini, kasallik tarixini hisobga oladi.Baʼzida dorilar bir-birining samaradorligini bekor qilishi, baʼzida esa dorilar bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Bunday maʼlumotlar odatda har doim dorilardan foydalanish boʼyicha koʼrsatmalarda yoziladi, shuning uchun ham oʼz-oʼzini davolashga qaror qilgan odam ushbu koʼrsatmalarni, albatta, oʼqib chiqishi shart. Davolash kursining toʼliq boʼlmasligi Odam allaqachon oʼzini ancha yaxshi his qilayotgan boʼlsa, “achchiq” dori ichishni davom ettirish nima uchun kerak? Masalan, antibiotiklar haqida gap ketganda bunday fikrlarni eshitish mumkin. Shuni unutmaslik lozimki, dori-darmon kurslari ularning samaradorligi boʼyicha ilmiy tadqiqotlar asosida tuziladi. Dozani oʼtkazib yuborish Dori dozasini oʼtkazib yuborish jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bunga yuqorida ogʼiz orqali qabul qilinadigan dorilar bilan misol keltirilgan. Xuddi shunday holat gemofiliyani davolashda qoʼllaniladigan va qon ivishiga yordam beradigan koagulyantlar kabi boshqa dorilar bilan ham kuzatiladi. Bu menga yordam berdi – senga ham yordam beradi Dori-darmmonlar bilan bogʼliq maslahatlarni berishda hushyor boʼlish kerak. Bu ancha xavfli boʼlishi mumkin. Chunki boshqa odamning holatida dori qanday taʼsir qilishini bilib boʼlmaydi.Koʼpgina dorilarning koʼrsatmalarida “ehtiyotkorlik bilan qoʼllang” degan soʼz kiritiladi. Bu maʼlum sharoitlarda preparatni qabul qilish xavf bilan bogʼliq ekanini anglatadi. Ushbu xavflarni baholash faqat shifokor tomonidan amalga oshiriladi, u dori-darmonlarni qabul qilishning potentsial foydasi potentsial zarardan yuqori yoki yoʼqligini hal qiladi.

  • 17 Mart, 16:44
  • Batafsil
not found

Dori-darmonlarni qabul qilishda eng koʼp uchraydigan xatolar. 1-qism

Imkon qadar uzoq vaqt sogʼlom boʼlish, oʼzimizni yaxshi his qilish va kasallikni yengish uchun uchun dori-darmonlar kerak. Biroq baʼzan odamlar dori-darmonlarni qabul qilishda xatoga yoʼl qoʼyishadi. Ushbu xatolar davolanish samarasini bekor qilishi va salbiy reaktsiyalarga olib kelishi mumkin. Aksariyat xatolar nisbatan zararsizdir, lekin baʼzilari jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Quyida shu haqda toʼxtalib oʼtamiz. Oʼz-oʼzini davolash Eng koʼp uchraydigan xato. Bu yerda gap bemor oʼzi qabul qilmoqchi boʼlgan dorining baʼzi xususiyatlaridan bexabar boʼlishi haqida ketmoqda. Masalan, har safar ogʼir ish kunidan keyin boshi ogʼrigan odam shifokorga boravermaydi va ogʼriqqa qarshi dori ichadi. Bundan tashqari, odam oʼz-oʼziga notoʼgʼri tashxis qoʼyishi natijasida boshqa kasalliklarning kelib chiqish xavfi paydo boʼlishi mumkin. Yaroqlilik muddati tugagan dori-darmonlarni qabul qilish Yaroqlilik muddatiga eʼtibor bermaslik nafaqat dori samaradorligi bilan bogʼliq muammolarga, balki sogʼliq uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni ham yodda tutingki, baʼzi dorilar suyultirilgandan yoki qadoqni ochgandan keyin maʼlum vaqt davomida samarali boʼlishi mumkin. Aslida bunday dorilarning amal qilish muddati qadoqning yaxlitligi hali buzilmagan holatlar uchun koʼrsatiladi. Notoʼgʼri dozalash Bu xato, odatda, odamlar dorilarni isteʼmol qilish boʼyicha koʼrsatmalarni oʼqimaganligi va juda kam yoki aksincha juda koʼp dorilarni qabul qilishi tufayli boʼladi. Bu muammoga koʼpincha oʼz-oʼzini davolamoqchi boʼlganlar duch keladi. Shifokor esa kerakli dozani biladi va agar lozim boʼlsa, uni davolanish vaqtiga moslashtiradi.      

  • 17 Mart, 10:57
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech