16:44 (17.03.2023)

2660

Dori-darmonlarni qabul qilishda eng koʼp uchraydigan xatolar. 2-qism

Dorini qabul qilish vaqtining buzilishi

Baʼzi dori-darmonlarni qatʼiy belgilangan vaqtda qabul qilish kerak, shunda ular maksimal taʼsir koʼrsatadi.

Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, koʼplab dorilarning taʼsiri aniq qabul qilish vaqtiga bogʼliq emas, aksincha, ularni toʼq yoki och qoringa qabul qilishga bogʼliq. Masalan, ibuprofen kabi yalligʼlanishga qarshi dorilarni ovqat bilan yoki ovqatdan keyin qabul qilish kerakligi maʼlum, aks holda ular oshqozon shilliq qavatiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin.

Parallel ravishda bir nechta dorilarni qabul qilish

Ushbu xato yana oʼz-oʼzini davolash bilan bogʼliq. Dori-darmonlarni buyurishda shifokor yana qanday dori-darmonlar qabul qilinayotganini, kasallik tarixini hisobga oladi.
Baʼzida dorilar bir-birining samaradorligini bekor qilishi, baʼzida esa dorilar bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Bunday maʼlumotlar odatda har doim dorilardan foydalanish boʼyicha koʼrsatmalarda yoziladi, shuning uchun ham oʼz-oʼzini davolashga qaror qilgan odam ushbu koʼrsatmalarni, albatta, oʼqib chiqishi shart.

Davolash kursining toʼliq boʼlmasligi

Odam allaqachon oʼzini ancha yaxshi his qilayotgan boʼlsa, “achchiq” dori ichishni davom ettirish nima uchun kerak? Masalan, antibiotiklar haqida gap ketganda bunday fikrlarni eshitish mumkin. Shuni unutmaslik lozimki, dori-darmon kurslari ularning samaradorligi boʼyicha ilmiy tadqiqotlar asosida tuziladi.

Dozani oʼtkazib yuborish

Dori dozasini oʼtkazib yuborish jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bunga yuqorida ogʼiz orqali qabul qilinadigan dorilar bilan misol keltirilgan. Xuddi shunday holat gemofiliyani davolashda qoʼllaniladigan va qon ivishiga yordam beradigan koagulyantlar kabi boshqa dorilar bilan ham kuzatiladi.

Bu menga yordam berdi – senga ham yordam beradi

Dori-darmmonlar bilan bogʼliq maslahatlarni berishda hushyor boʼlish kerak. Bu ancha xavfli boʼlishi mumkin. Chunki boshqa odamning holatida dori qanday taʼsir qilishini bilib boʼlmaydi.
Koʼpgina dorilarning koʼrsatmalarida “ehtiyotkorlik bilan qoʼllang” degan soʼz kiritiladi. Bu maʼlum sharoitlarda preparatni qabul qilish xavf bilan bogʼliq ekanini anglatadi. Ushbu xavflarni baholash faqat shifokor tomonidan amalga oshiriladi, u dori-darmonlarni qabul qilishning potentsial foydasi potentsial zarardan yuqori yoki yoʼqligini hal qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech