10:57 (17.03.2023)
2697
Imkon qadar uzoq vaqt sogʼlom boʼlish, oʼzimizni yaxshi his qilish va kasallikni yengish uchun uchun dori-darmonlar kerak. Biroq baʼzan odamlar dori-darmonlarni qabul qilishda xatoga yoʼl qoʼyishadi.
Ushbu xatolar davolanish samarasini bekor qilishi va salbiy reaktsiyalarga olib kelishi mumkin. Aksariyat xatolar nisbatan zararsizdir, lekin baʼzilari jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Quyida shu haqda toʼxtalib oʼtamiz.
Oʼz-oʼzini davolash
Eng koʼp uchraydigan xato. Bu yerda gap bemor oʼzi qabul qilmoqchi boʼlgan dorining baʼzi xususiyatlaridan bexabar boʼlishi haqida ketmoqda. Masalan, har safar ogʼir ish kunidan keyin boshi ogʼrigan odam shifokorga boravermaydi va ogʼriqqa qarshi dori ichadi. Bundan tashqari, odam oʼz-oʼziga notoʼgʼri tashxis qoʼyishi natijasida boshqa kasalliklarning kelib chiqish xavfi paydo boʼlishi mumkin.
Yaroqlilik muddati tugagan dori-darmonlarni qabul qilish
Yaroqlilik muddatiga eʼtibor bermaslik nafaqat dori samaradorligi bilan bogʼliq muammolarga, balki sogʼliq uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni ham yodda tutingki, baʼzi dorilar suyultirilgandan yoki qadoqni ochgandan keyin maʼlum vaqt davomida samarali boʼlishi mumkin. Aslida bunday dorilarning amal qilish muddati qadoqning yaxlitligi hali buzilmagan holatlar uchun koʼrsatiladi.
Notoʼgʼri dozalash
Bu xato, odatda, odamlar dorilarni isteʼmol qilish boʼyicha koʼrsatmalarni oʼqimaganligi va juda kam yoki aksincha juda koʼp dorilarni qabul qilishi tufayli boʼladi. Bu muammoga koʼpincha oʼz-oʼzini davolamoqchi boʼlganlar duch keladi. Shifokor esa kerakli dozani biladi va agar lozim boʼlsa, uni davolanish vaqtiga moslashtiradi.