Yangiliklar

not found

JSST: Dunyoda har yili 5 million kishiga epilepsiya tashxisi qoʼyilmoqda

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan epilepsiya kasalligi bilan bogʼliq yangi hisobot eʼlon qilindi. Unga koʼra, hozir dunyo boʼyicha taxminan 50 million kishi ushbu darddan aziyat chekmoqda. Аchinarlisi, keyingi davrda bunday bemorlar soni yiliga 5 million nafarga ortyapti. Ularning qariyb 80 foizi past va oʼrta daromadga ega mamlakatlar aholisidir. Yaʼni mazkur hududlarda har 100 000 kishidan 139 nafariga epilepsiya tashxisi qoʼyilmoqda. Hisobotda keltirilishicha, oʼsish dinamikasi Yer yuzida endemik kasalliklar xavfi ortishi, yoʼl-transport hodisalari va tugʼilish chogʼidagi jarohatlar koʼpayishi, qolaversa, tibbiy infratuzilma, profilaktika dasturlari hamda arzon va malakali tibbiy yordam yetishmasligi kabi qator omillar bilan bogʼliq. Vaholanki, epilepsiya xurujlarining oldini olsa boʼladi. Bundan tashqari, 70 foiz bemorlar tutqanoqqa qarshi dorilar yordamida toʼgʼri muolaja olib, bu darddan xoli yashashlari mumkin. Аmmo kam daromadli mamlakatlarda epilepsiyaga chalingan odamlarning toʼrtdan uch qismi davolanmaydi. Oʼz navbatida, bunday davlatlarda antikonvulьsant dorilar taʼminoti 50 foizga ham yetmaydi. Аksariyat hollarda epilepsiyani birlamchi tibbiyot muassasalarida murakkab asbob-uskunalarsiz tashxislash va davolash imkoniyati mavjud. Аmmo bunday bilim va koʼnikmaga ega mutaxassislar barcha hududlarda ham, afsuski, yetarli emas. Shularni hisobga olgan holda, JSST epilepsiya diagnostikasi va muolajasida samaradorlikka erishish uchun birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlarini maxsus tayyorgarlikdan oʼtkazish zarur, degan xulosada. Elatib oʼtamiz, epilepsiya – turli xil xurujlar va hushdan ketishlar bilan namoyon boʼluvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. U xalq orasida tutqanoq, quyonchiq, deb ham ataladi. Xastalik 70 foiz holatda 20 yoshgacha boʼlgan davrda rivojlanadi.  

  • 12 Fevral, 12:57
  • Batafsil
not found

Bolalarda gepatitga chalinish holatlari koʼpaygan

Oʼzbekistonda 2024 yilning hoziriga qadar 9507 nafar bola gepatit А kasalligini yuqtirib oldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, kasallanish koʼrsatkichlarining oʼsishi Аndijon, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Fargʼona viloyatlari hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasida kuzatilmoqda. Gepatit А kasalligiga qarshi emlash 94-98 foiz holatlarda virus yuqishini oldini oladi va emlashdan keyin kuzatilishi mumkin boʼlgan jiddiy asoratlar kuzatilmaydi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotininig tavsiyasiga koʼra, ushbu vaktsinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud boʼlib, vaksinatsiya bir marotaba qoʼllaniladi, qayta emlash ishlari talab etilmaydi. Virusli gepatit А kasalligiga qarshi asosan, 18 oylikdan 14 yoshgacha boʼlgan bolalar emlanadi. Virusli gepatit “А” vaktsinasi bilan emlanganidan soʼng 15 yilgacha muddatda immunitet tarangligi saqlanib qoladi. Oʼtgan yilning 12 oyi davomida respublika boʼyicha jami 365 167 nafar bolalar virusli gepatit А kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlangan. Shuningdek, nogiron, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 14 yoshgacha boʼlgan bolalarini ushbu kasallikka qarshi emlash maqsadida Qashqadaryo viloyati, Toshkent viloyatining Oʼrta Chirchiq tumani va Toshkent shahri hokimliklari tashabbusi bilan virusli Gepatit А vaktsinasini xarid qilish uchun mahalliy byudjetdan jami 4 mlrd soʼmdan koʼproq miqdorida mablagʼlar ajratilib, 24 765 nafar bolalar kasallikka qarshi emlangan.

  • 12 Fevral, 09:39
  • Batafsil
not found

2023 yil yakunlari muhokama qilindi 

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining joriy yildagi ilk hayʼat yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda: 1.Kompaniya tizimidagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida 2023 yil yakuni boʼyicha tasdiqlangan biznes-reja koʼrsatkichlari bajarilishi, shuningdek, debitor-kreditor qarzdorliklar; 2."Dori-Darmon" АK tizimida 2023 yil davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi toʼgʼrisida. Tovarlarning kirimi va chiqimi boʼyicha tahlil; 3.Kompaniya tizimidagi ijtimoiy dorixonalarda GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish; 4.Oʼzbekiston Respublikasi “Davlat haridlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq Kompaniya va uning shoʼʼba korxonalari faoliyatida korporativ xaridlar tizimini joriy etish bilan bogʼliq chora-tadbirlar va sohaga oid boshqa masalalar koʼrib chiqildi.  Kompaniyaning 2023 yil yakunlari boʼyicha maʼlumotlarni moliya direktori v.v.b I.Аbdusalomov taqdim etdi.  Kompaniyaning hisobot yilida umumiy tovar aylanmasi  845,2 mlrd soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 620,1 mlrd.soʼmni, chakana tovar aylanmasi 225,1 mlrd. soʼmni tashkil etdi. “Dori-Darmon” АK tijorat direktori Nurali Husanov kompaniya tizimida 2023 yil davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi haqida maʼlumot berdi. Kompaniya 130 dan ortiq mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya tomonidan 2023 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda mahalliy distribьyuterlardan 123,0  mlrd. soʼm, xorijiy taʼminotchilardan 157,2 mlrd.soʼm miqdorida farmatsevtika mahsulotlari xarid qilingan. Yakunlangan yilda eng koʼp Rossiya, Germaniya va Hindistondan import qilingan.  Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (204-son, 22.07.2013y) qaroriga asosan ambulatoriya davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan 14 toifadagi shaxslarga 2023 yilda 468 120 ta retsept orqali 25,0 mlrd.soʼmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-140-son, 12.11.2020y) va (PQ-140-son, 1.05.2023y) qarorlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosi sifatida Kompaniyaga qarashli Sirdaryo viloyatidagi 40 ta va Toshkent shahridagi 3 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya  dasturiga ulandi. Reimbursatsiya tizimi doirasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositasi kiritilgan.  2023 yil davomida 962,6 mln. soʼmlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan.  Shuningdek, yigʼilishga taklif etilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq kompaniya va uning shoʼʼba korxonalari faoliyatida korporativ xaridlar tizimini joriy etish toʼgʼrisida maʼlumotlar berib oʼtdi.  Yigʼilish davomida Kompaniya tizimidagi ijtimoiy dorixonalarda GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish masalasi ham muhokama etildi. Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agenligi “Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktori oʼrinbosari Аvazbek Ibragimov  GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish tartibi, talablari, zarur hujjatlar, dorixona xodimlarini oʼqitish va boshqa masalalar boʼyicha kerakli tavsiyalarni berdi. Taklif etilgan mehmonlar kompaniya va jamiyat rahbarlarining savollariga batafsil javob berishdi. Yigʼilish davomida  sohaga oid boshqa masalalar ham koʼrib chiqildi.      

  • 9 Fevral, 18:17
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech