12:00 (08.02.2024)
924
Ular orasida davlat roʻyxatidan oʻtmagan, yaroqlilik muddati tugagan va qalbakilashtirilgan dori vositalari aniqlangan.
Oʻzbekistonda yanvar oyida oʻtkazilgan tezkor tadbirda olingan farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan oʻtkazildi. Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tegishli organlar tomonidan yanvar oyida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 408 ta holatda ushlangan mahsulotlar ekspertiza qilish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilindi.
Ushbu mahsulotlar Markaz laboratoriyalarida tekshirilganda 10 006 oʻramdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi aniqlangan.
Jumladan:
2115 oʻram — davlat roʻyxatidan oʻtgan;
2756 oʻram — davlat roʻyxatidan oʻtmagan;
2756 oʻram — muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;
2115 oʻram — muvofiqlik sertifikati mavjud;
241 oʻram — yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha (kontrafakt);
23 oʻram — yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);
46 oʻram – qalbakilashtirilgan.
Tahlillar natijasi boʻyicha tegishli xulosalar taʼsir choralarini koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlarga taqdim qilingan.