Yangiliklar

not found

2023-yil sarhisobi. Qonunchilik-9

04.09.2023-yil. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  444-son "Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida"gi Qarori bilan "Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni taʼsis etildi. Koʻkrak nishoni har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tantanali topshiriladi.  Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi. 06.09.2023-yil. "Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni  (PF-156-son) qabul qilindi. Farmonga koʻra, quyidagilar ishlab chiqilishi belgilandi: ▫️ 2024-2026-yillarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanishni tizimli targʻib qilish va ommalashtirish dasturi; ▫️2023-yil yakunigacha “Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasi. 2024-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi direksiyasi tashkil etiladi.  Shuningdek,  2026-yil yakunigacha tibbiy sugʻurta respublika boʻylab toʻliq joriy etiladi. 08.09.2023-yil. “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–296-son) qabul qilindi.  Qarorga koʻra, 2023-yil 1-oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning 14 hududiy filiali tashkil etildi.  ➖2024-yil 1-oktyabrdan har yili 100 tagacha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari muvaffaqiyatli qoʻllanganda ushbu amaliyotni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab beriladi.  Qaror bilan shuningdek, Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.  Dasturga koʻra, homilador ayollar uy varaqasini raqamlashtirish va amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan. 11.09.2023-yil. Prezident Farmoni (PF–158-son) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab: ➖Toshkent shahrining tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmi va dori vositalari roʻyxatini amaliyotga kiritishni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi; ➖nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya hamda dori vositalari bilan taʼminlash ishlari “vaucher” tizimi asosida bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Bunda, nogironligi boʻlgan shaxslarga tovar va xizmatlarni oʻzlari tanlagan yetkazib beruvchidan xarid qilish imkoniyati yaratiladi va ularning xarajatlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

  • 30 Dekabr, 11:55
  • Batafsil
not found

2023-yil sarhisobi. Qonunchilik-8

01.08.2023-yil. “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–255-son) qabul qilindi. Qarorga koʻra: - 2024-yil 1-yanvardan otorinolaringologiya va yuz-jagʻ jarrohligi yoʻnalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan nodavlat tibbi - 2024-yildan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida qoʻshimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi.    Qaror bilan shuningdek, 2023–2026-yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 15.08.2023-yil. “Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim  hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”  Prezident farmoni (PF–140) imzolandi.  Farmon bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi   Shunga koʻra: - 2024-yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi; - 2024-yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi; - 2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bekor qilinadi.

  • 29 Dekabr, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech