Yangiliklar

not found

SSV rahbari Toshkentdagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari yuklamasini tezda kamaytirish topshirig‘ini berdi

23-noyabr kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Toshkent shahrida o‘tkir virusli infeksiyalar bilan kasallangan bemorlarni davolash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kuz-qish mavsumi odatda gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tarqalishi uchun qulay davr ekanini ta’kidladi. Ayniqsa, bu paytda kichik yoshdagi bolalarning nafas yo‘llari yuqumli kasalliklariga chalinish ko‘rsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan anchagina ortadi, deya ta’kidladi vazirlik. “Shu bois butun dunyoda bo‘lgani kabi bu yil ham yurtimizda yosh o‘g‘il-qizlar orasida o‘tkir respirator kasalliklarning davriy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Ushbu xastalikka chalinishning asosiy ulushi esa Toshkent shahri aholisi hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgani kuzatilmoqda”, — deyiladi xabarda. Vazirlik mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolashni tashkil etish hamda ularning tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Toshkent shahridagi barcha klinik shifoxonalar rahbarlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari hamda tez tibbiy yordam xizmati mas’ullari bilan birgalikda bolalar klinik shifoxonalaridagi vaziyat va bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Vazir shifoxonalarga tushayotgan yuklamalarni tezda kamaytirish, bemor bolalarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi. Jumladan, “Zangiota-1” yuqumli kasalliklar shifoxonasida O‘RVIga chalingan bolalar uchun ajratilgan o‘rinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi. Shuningdek, so‘nggi kunlarda aholidan harorat ko‘tarilishi, yo‘tal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli 103 xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada bo‘lgan 40 ta avtomashina qo‘shimcha ajratildi. Bundan tashqari, 25-noyabrdan vazirlik tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga 29 ta to‘liq jihozlangan Isuzu avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratilishi aytib o‘tildi. Poytaxtdagi 12 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 72 ta oilaviy poliklinikada ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha chaqiruv bo‘yicha tibbiy brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur brigadalar 103 xizmati xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, uyda qoldirilgan yoki shifxonaga yotqizilmasdan uyga qayta olib kelingan va ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlar ro‘yxati aniqlanib, ko‘rsatma asosida onlayn va joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda. “Bundan tashqari, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda yurtimizda O‘RVI kasalligiga chalinib, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning ma’lum qismi statsionar davoga muhtoj emas. Shu sababli yig‘ilishda oilaviy polikliklinika shifokorlariga o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolash bo‘yicha zarur tavsiyalar berish uchun ixtisoslashtirilgan markazlardagi pediatrlar va barcha tor doiradagi mutaxassislar jalb etilishi lozimligi qayd etildi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. Vazir, shuningdek, birlamchi tibbiy yordamning kunduzgi statsionarlarida bemor bolalarni nazorat qilish, zarurat tug‘ilganda, ularda davolash muolajalarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

  • 24 Noyabr, 11:08
  • Batafsil
not found

JSST Xitoyni bolalarda nomaʼlum pnevmoniya epidemiyasi haqida maʼlumot almashishga chaqirdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan bolalarda nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida qoʼshimcha maʼlumot soʼradi, deb xabar bermoqda Reuters. JSST matbuot xizmati Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sogʼliqni saqlash komissiyasi 13-tsentabr kuni Xitoyda respirator kasalliklar bilan kasallanish holatlari koʼpaygani haqida xabar berganini eslatdi. Keyin Xitoy rasmiylari buni anti-kovid cheklovlari olib tashlanishi va maʼlum gripp viruslarining tarqalishi bilan izohladi. «JSST Xitoyga respirator kasalliklar va bolalarda pnevmoniya epidemiyalari koʼpayishi haqida batafsil maʼlumot berish uchun rasmiy soʼrov yubordi», — deyiladi tashkilot bayonotida. Kuni kecha The Telegraph gazetasi Xitoy shimolidagi bolalarda kelib chiqishi aniq boʼlmagan pnevmoniya avj olgani haqida ProMed (dunyo boʼylab odam va hayvonlar kasalliklari tarqalishini kuzatuvchi) maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi. Nashrning taʼkidlashicha, Xitoy kasalxonalari «kasal bolalar bilan toʼlib ketgan» va epidemiya Pekin kabi yirik shaharlarga tarqalib boʼlgan. The Telegraphtaʼkidlaganidek, aynan ProMedning 2019 yil dekabrь oyi oxiridagi ogohlantirishi koʼplab shifokorlar va olimlarning eʼtiborini ilgari nomaʼlum boʼlgan, keyinchalik Sars-Cov-2 (COVID-19) deb ataladigan virusga qaratdi. Tayvanning FTV News telekanali ham Pekin va Liyaoning kasalxonalari kasal bolalar bilan toʼlib ketgani haqida xabar berdi. «Ularda yoʼtal va shunga oʼxshash hech qanday alomat yoʼq. Bolalarda shunchaki yuqori harorat (isitma), koʼpchilikning oʼpkasida tugunlar paydo boʼlgan», — dedi nashrga poytaxtliklardan biri. Pekinlik yana bir fuqaroning aytishicha, hozirda shamollash belgilari bilan maktablarga kelish taqiqlangan va sodir boʼlayotgan barcha hodisalar «davlat siri»dir.

  • 24 Noyabr, 09:01
  • Batafsil
not found

Mutaxassis: Аnafilaksiya va anafilaktik shok hayot uchun oʼta xavfli

Bir dori ikki bemorga ikki xil taʼsir koʼrsatishi mumkin. Biri shu malham tufayli kasallikdan xalos boʼlsa, boshqasi hayotini xavf ostida qoldirishi hech gap emas. Baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari haqida ham shunday xulosa qilsa boʼladi. Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova shu kabi ogʼir holatlarni keltirib chiqaruvchi anafilaksiya va anafilaktik shok xususidagi fikr-mulohazalari bilan oʼrtoqlashdi. — Аnafilaksiya hayot uchun xavfli boʼlgan oʼtkir allergik reaktsiya hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Uning belgilari toʼsatdan paydo boʼladi va tez rivojlanadi. Аnafilaktik shok esa bemor allergen bilan takroran duch kelganida paydo boʼladigan anafilaksiyaning ekstremal darajasi. Bunday holatda organizm avval oʼziga aks taʼsir koʼrsatgan nomaʼlum birikmani darhol "taniydi" unga nisbatan allaqachon shakllangan fantitanalarni qalqon qiladi, yaʼni javob mexanizmini ishga tushiradi. Shu tariqa organizm zudlik bilan gistamin, serotonin, bradikinin kabi bir qator gormonlarni ishlab chiqara boshlaydi. Oqibatda mayda tomirlarda qon aylanish jarayoni buziladi va arterial bosim keskin tushib ketadi. Toʼqimalarga yetarli darajada kislorod yetib bormasligi oʼtkir gipoksiyani yuzaga keltirib, ichki organlar va miya faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi. Bunday vaziyatda bemorga shoshilinch tibbiy yordam koʼrsatilmasa, u hayotdan koʼz yumishi mumkin. Hozir dunyo aholisining 1-3 foizgacha qismi anafilaktik shok bilan roʼbaroʼ kelishi tahlil qilingan. Xavotirli jihati, bu koʼrsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Demak, anafilaktik shok anafilaksiya natijasida rivojlanadi va juda qisqa vaqt ichida oʼzini namoyon qiladi. Аnafilaksiya belgilari allergen turiga bogʼliq. Аmmo u keltirib chiqaradigan eng xavfli asorat qon bosimining keskin pasayishi yoki anafilaktik shok hisoblanadi. Odatda, ilk alomatlar oʼlaroq butun tana boʼylab toshmalar paydo boʼlishi mumkin. Bunda teri rangi oʼzgarib, qizil yoki oqish tusga kiradi. Badanda qichishish va qizib ketish hissi yuzaga keladi. Til va lablar shishishi hisobiga nafas olish qiyinlashadi. Baʼzi bemorlarda qorin ogʼrigʼi, koʼngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi. Keyinchalik, rivojlanayotgan reaktsiya fonida qon aylanishi, nafas olish jarayoni va yurak urishi toʼxtashi kabi ogʼir holatlar qayd etilishi ehtimoli yuqori. Аnafilaktik shok belgilari allergen tanaga kirganidan soʼng bir necha daqiqadan 2 soatgacha boʼlgan davrda namoyon boʼladi. Reaktsiya vaqti organizmning individual xususiyatlariga bogʼliq. Tadqiqotlarga koʼra, bu muddat oziq-ovqat allergiyasida taxminan 30 daqiqa, zaharlanishda 15 daqiqa, tomir ichiga yoki mushak orasiga yuborilgan dorilarga reaktsiya jarayonida 5 daqiqani tashkil etadi.

  • 23 Noyabr, 15:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech