11:51 (23.11.2023)

2537

Sunʼiy intellekt ilovasi yurak yetishmovchiligi kasalligini u sodir boʼlishidan oldin aniqlay oldi

Ovozdagi oʼzgarishlar orqali odamda yurak yetishmovchiligini sunʼiy intellekt yordamida aniqlovchi dastur kasalxonaga yotqizilganlarning 75% dan koʼprogʼini ular sodir boʼlishidan taxminan uch hafta oldin bashorat qilgan.

Tadqiqot 2018-yilning martidan 2023-yilning apreligacha oʼtkazildi va yurak yetishmovchiligi tashxisi qoʼyilgan 416 nafar kattalar qamrab olindi. Tadqiqot ishtirokchilari har kuni telefon ilovasiga oʼz ona tillarida - ibroniy, rus, arab yoki ingliz tilida beshta jumla yozib olishdi. Tadqiqotning oʼquv bosqichida sunʼiy intellekt algoritmini ishlab chiqish uchun 263 ishtirokchining alohida nutq oʼlchovlari ishlatilgan. Keyin, algoritm qolgan 153 ishtirokchida vosita samaradorligini tekshirish uchun ishlatilgan.

Tadqiqotchilar ushbu texnologiya yordamida yurak kasalliklarini oldindan toʼgʼri aniqlay olish mumkin degan xulosaga kelishdi. Yaʼni bu dastur orqali yurak bilan muammolarni oldindan aniqlab, jiddiy oqibatlarni oldini olish mumkin boʼladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech