Yangiliklar

not found

Ish haqini natura shaklida to`lash tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2023 yildagi “Ish haqini natura shaklida toʻlashni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 286-son qarori qabul qilindi.  Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan hollardan tashqari ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlangan.  Hujjat bilan   ish haqini natura shaklida toʻlash tartibi oʻrnatildi. Ushbu shaklda ish haqini toʻlash quyidagi hollarda mumkin boʻladi: хodim yoki uning oilasi iste’moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish; oʻziga хizmat koʻrsatilishi va uy хoʻjaligini yuritishda koʻmaklashish maqsadida uy хizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy хizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish.  Ish haqini ushbu shaklda toʻlashga хodimning roziligi bilan yoʻlga qoʻyiladi va bu haqda mehnat shartnomasida koʻrsatiladi, shu bilan birga natura shaklidagi toʻlov miqdori oylik ish haqining 30%dan oshmasligi kerak.  Xodimning ish haqidan 50% gacha miqdorda ushlab qolinsa — хodimga natura shaklida toʻlanadigan ish haqining umumiy summasi 10%dan ortiq boʻlishi mumkin emas, 50%dan ortiq miqdorda ushlab qolinsa — хodimga ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlanadi.  Ish haqini natura shaklida toʻlashda quyidagilar taqiqlanadi: хodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlganda, ish haqini natura shaklida toʻlash; qishloq хoʻjaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narхini ularning tannarхidan yuqori belgilash; alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis oʻsimligi hamda qonunchilikda realizatsiya qilish (berish) taqiqlangan oʻsimlik va boshqa qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish; uy хizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narхini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini haqiqiy bozor narхidan yuqori narхda belgilash.

  • 31 Iyul, 17:06
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech