11:59 (31.07.2023)
2025
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro А.X. oʼzi yashab kelayotgan koʼp qavatli uyning 1-yoʼlagidagi qoʼshimcha xonada yashirin tsex tashkil qilib, “Bekot Аmino” va “Monasil NEO” nomli dori vositalarining muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirib, goʼyoki ushbu dori vositalari “R.M.” qoʼshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganligi toʼgʼrisida poligrafiya yozuvlarini yopishtirib qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 5 mingdan ziyod dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʼtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.