17:37 (27.07.2023)
1697
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBBning Uchtepa tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.I.ning yonida polietilen paketda jami 73 dona oq qizil rangli kapsulada kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.