16:07 (28.07.2023)
1843
Kaliforniya universiteti olimlari sigir sutida topilgan kazein oqsili moddasi yara bitishini tezlashtirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Journal of The Royal Society Interface jurnalida chop etildi.
Kichkina teri shikastlanishi bo'lgan sichqonlar ustida o'tkazilgan tajribada mualliflar kazeinning yara bitishiga ta'sirini o'rganishdi.
Hayvonlar uch guruhga bo'lingan: birinchi guruhda ular kazeinli bandajlar bilan bog'langan; ikkinchisida - oddiy bandajlar bilan; uchinchisida yara umuman davolanmagan. Kazeinli bog`lam sut oqsil va polikaprolakton birikmasidan iborat edi.
Tadqiqotchilar sichqonlardagi o'zgarishlarni 3, 7, 10 va 14 kunlarda yaralarni suratga olish, shuningdek ularni mikroskop ostida tekshirish orqali qayd etishdi.Shikastlanishdan 14 kun o'tgach, kazein bintlari bilan o'ralgan yaralar an'anaviy bandaj guruhidagi va davolanmagan guruhdagi yaralarga qaraganda ancha samaraliroq davolandi. Bundan tashqari, kazeinli bandajlar zaharli emasligi isbotlandi va sut oqsili bilan davolangan yaralar atrofida immunitet hujayralarining kamayishi qayd etildi.
Kazein - sut emizuvchilar sutining tarkibidagi oqsil. Kazeinga eng boy sut bu sigirning suti hisoblanadi (uning 80 foizini tashkil qiladi). Bu juda arzon modda, chunki u yog'siz sut ishlab chiqarishdan so`ng qolib ketadigan mahsulotdir. Oxirgi tadqiqotlar kazein mikroblarga va yallig'lanishga qarshi samarali vosita ekanligini ko`rsatdi.