Yangiliklar

not found

Yevropada chaqaloqlar oʼrtasida exovirus infektsiyasi keng tarqalmoqda

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotiga Yevropaning olti davlati — Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Xorvatiya va Shvetsiyadan yangi tugʼilgan chaqaloqlarda exovirus-11 (E-11) bilan kasallanish holatlari koʼpayayotganiga doir xabarlar kelib tushdi. Xususan, Fransiya sogʼliqni saqlash vazirligi shu yil may oyida mazkur infektsiya tufayli goʼdaklar oʼrtasida sepsisning ogʼir shakllari ortganini maʼlum qilgan. Oqibatda bu yerda yetti nafar goʼdak hayotdan koʼz yumdi, yana ikki nafarining ahvoli ogʼir. Iyun oyidan boshlab esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham infektsiyaga chalinish holatlari qayd etilgan. Tahlillarga koʼra, 2016 yildan 2021 yilgacha dunyo boʼyicha chaqaloqlar oʼrtasida E-11 ni yuqtirish koʼrsatkichi boshqa yuqumli kasalliklarga qiyoslaganda 6,2 foizni tashkil etgan boʼlsa-da, oʼtgan yili bu raqamlar 55 foizgacha koʼtarilgan. JSST garchi bu holatni aholi salomatligi uchun global xavf deb baholamagan boʼlsa-da, shifokorlarni tekshiruv qamrovini oshirishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.  Exovirus — turli yuqumli xastaliklarni keltirib chiqaruvchi, oʼzida ribonuklein kislotalar saqlovchi enteroviruslar (ichak viruslari) guruhiga mansub. Odatda xastalik yengil shaklda davom etadi. Аmmo yangi tugʼilgan chaqaloqlarda infektsiya oʼtkir virusli gepatit, sepsis, meningit va qon ketishining buzilishi kabi kasallik va ogʼir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

  • 12 Iyul, 15:04
  • Batafsil
not found

Provizor, farmatsevt va farmakolog bir-biridan nima bilan farq qiladi?

Provizor - oliy ma'lumotga ega bo'lgan, mustaqil ravishda farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanish, shuningdek dorixonani boshqarish, dori vositalarini tayyorlash huquqiga ega bo'lgan mutaxassis. Oddiy qilib aytganda, farmatsevt dori sotuvchidan ko'ra ko'proq shifokordir.  Farmatsevt - o'rta kasb-hunar ma'lumotiga ega bo'lgan, dorixonada ishlay oladigan, dori vositalarini sotishi va tayyorlashi mumkin bo'lgan mutaxassis. Boshqacha aytganda, farmatsevt provizorning yordamchisi va dori vositalarini sotuvchisidir.  Albatta, provizor yoki farmatsevt emas, balki dorixonada ishlaydigan odamlarni “aptekachi” deb atash keng tarqalgan. Qadim zamonlardan beri bu dori-darmonlarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug`ullanadigan odamlarga nisbatan aytilgan. Ammo bu so`z kasbning murakkabligi va chuqurligini to`la aks ettira olmaydi.  Ikkala mutaxassis ham dorilarning turlari va guruhlarini osonlik bilan farqlashlari, ularning tarkibi, dozalari va foydalanish qoidalarini tushunishlari kerak. Shuningdek, ular dori vositalarini tayyorlash uchun qo`llaniladigan xom ashyolarni yaxshi bilishlari kerak. Shifokorlar va hamshiralar singari, provizorlar va farmatsevtlar lotin tilini o'rganadilar.  Taqqoslash uchun Yevropa mamlakatlarini oladigan bo'lsak, provizor va farmatsevt tushunchalari bizning ushbu kasblar haqidagi tushunchalarimiz bilan tubdan farq qilishi qiziq. Ularda farmatsevt bu yuqori malakaga va magistr darajasiga ega provizorning boshlig'idir. Bulardan tashqari, farmakolog kasbi ham bor. U dori vositalarini yaratish, o'rganish, sinovdan o'tkazish, tanlashga ixtisoslashgan tibbiyot xodimi. Farmakolog tadqiqot, ilmiy ish, klinik amaliyot bilan shug'ullanadi.

  • 12 Iyul, 12:10
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech