09:02 (16.11.2023)
1075
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirlarda “K.D.” MChJ rahbari O.I., “J-Sh.” XK rahbari S.T va boshqalar ushbu korxonalar dorixonalarida hech qanday hujjatsiz 3 xil turdagi jami 6 730 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotuvga qoʼyganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.