18:09 (15.11.2023)
911
Poytaxtimizning "Hilton" mehmonxonasida "Farma Oʼzbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” 2-xalqaro kongress va koʼrgazmasi boʼlib oʼtmoqda.
Kongressda Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari farmatsevtika tarmogʼi yetakchilari, yirik korxonalar rahbarlari, davlat idoralari, regulyator-nazorat organlari vakillari, qurilmalar ishlab chiqaruvchi va qurish kompaniyalari vakillari yigʼilgan.
Tadbirda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiyalash boʼyicha yirik investitsion loyihalarni hamda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Kongressning birinchi sessiyasida Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Аbdulla Аzizov, Bayer kompaniyasining Oʼzbekistondagi boʼlinmasi boshligʼi Аbdulla Xakimov, BIOKАD kompaniyasining MDH davlatlari bozorini rivojlantirish departamenti direktori Yuliya Utkina oʼz maʼruzalarini taqdim etdilar. Maʼruzalardan soʼng ishtirokchi va spikerlar orasida kizgʼin baxs-munozaralar, xamda savol-javoblar bulib utdi.
" Dori-Darmon" АK Boshqaruv raisi oʼrinbosari А. Kamilov, tijorat direktori N. Husanov, rivojlantirish va investitsiya direktori B. Masharipovlar ham mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.
Kongress oʼz ishini ertaga 16 noyabrь kuni xam davom ettiradi.