12:07 (05.04.2023)
2998
Qarorga koʼra:
♦ isteʼmolchilar hayoti yoki sogʼligʼi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bogʼliq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
♦ etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bogʼliq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib oʼrnatiladi;
♦ sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan maʼmuriy javobgarlik kuchaytiriladi;
♦ oʼzganing tovar belgisidan, xizmat koʼrsatish belgisidan, geografik koʼrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʼxshash boʼlgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
♦ belgilangan talablar va shartlarning qoʼpol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi roʼyxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shugʼullanishiga cheklovlar belgilanadi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
✅ Qarorga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʼtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʼyishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Jumladan:
▫️ murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda koʼrib chiqiladi;
▫️ huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar ragʼbatlantiriladi.