15:15 (10.07.2023)

1582

Bilasizmi: “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tibbiy muolaja xarajatlari toʼlab beriladi

 “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning voyaga yetmagan (qaramogʼida I guruh nogironligi boʼlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga davolash, dori vositalarini olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʼ zarur boʼlgan holatlarda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlari toʼlab beriladi.

Oʼrganish natijasiga koʼra tibbiy yordam koʼrsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yoʼnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.

Bunda dori-darmon olib berish uchun BHMning 20 baravarigacha (6 mln 600 ming soʼmgacha) hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun BHMning 100 baravarigacha (33 mln soʼmgacha) miqdordagi xarajatlar “Аyollar daftari” jamgʼarmasi hisobidan toʼlab beriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech