11:48 (20.09.2024)

549

Britaniyalik olimlar saraton kasalligini davolovchi zaharli bioktiv shisha ishlab chiqishdi

Olimlar suyak saratonini davolashning yangi usulini namoyish etdilar. Buning uchun bioaktiv shisha ishlatilgan, unga zaharli metall qo‘shilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu material sog‘lom hujayralarga zarar bermasdan saraton hujayralarining 99 foizini yo‘q qilishga qodir.

Suyak saratonining eng keng tarqalgan turi osteosarkoma hisoblanadi. Davolash kursi o‘simtani olib tashlash uchun jarrohlik va kimyoterapiya yoki radiatsiya terapiyasini o‘z ichiga oladi. Ushbu kasallikning qaytalanish xavfi yuqori.

Buyuk Britaniyaning Aston universiteti olimlari hujayralar uchun zaharli bo‘lgan galliy bilan aralashtirilgan shisha nanozarrachalardan bioaktiv material yaratdilar. Galliy ionlari hujayralarga ma’lum bir retseptor orqali kiradi, uning darajasi saraton kasalligida juda yuqori. Bu shuni anglatadiki, saraton hujayralari sog‘lom hujayralarga yetib borgunga qadar zaharli moddani o‘zlashtirishga ulguradi.

Olimlar laboratoriya sinovlarida osteosarkoma hujayralari yonida sog‘lom suyak hujayralarini o‘stirdi va ularni galyum shishasi bilan davolashdi. Natijalar 5% galliy oksidi konsentratsiyasi bilan osteosarkoma hujayralarining 99% i 10 kun ichida g‘oyib bo‘lganini ko‘rsatdi. Sog‘lom hujayralar shikastlanmagan.

Bundan tashqari, yangi materialning ta’siri ostida suyak tiklana boshladi. Bioaktiv shisha zarralari yuzasida amorf kalsiy fosfat/gidroksiapatit qatlami shakllana boshladi, deb xabar beradi mir24.

"Ushbu biomateriallarning xavfsizligi va samaradorligi qo‘shimcha sinovlarni talab qiladi, ammo dastlabki natijalar umid baxsh etdi", deb ta’kidladi ilmiy maqola mualliflari.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech