12:11 (21.06.2023)

2749

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʼliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Prezident qarori (PQ–197-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish jarayonlari toʼliq raqamlashtiriladi.

2023 yil yakunigacha:

  • barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sogʼliqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimiga ulanadi;
  • nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringi yuritiladi;
  • tibbiy faoliyatni nazorat qilishda “xavfni tahlil qilish” tizimi yoʼlga qoʼyiladi.

Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:

➖Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi;

➖Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi;

➖Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech