13:00 (25.09.2024)
453
“Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-335-son, 23.09.2024-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, quyidagilar belgilandi:
➖“Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi;
➖davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;
➖konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖“Avitsenna” nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;
➖toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖togʻli, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;
➖2025-yil 1-aprelgacha internet tarmogʻi orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent toʻlovi toʻlashdan ozod qilinadi.
2025-yil 1-martgacha quyidagilar ishga tushiriladi:
- tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yoʻnalishida xizmat koʻrsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;
- davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sogʻlomlashtirish muassasalarining yagona reestri.