09:00 (15.09.2023)

1656

Davlat hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati kengaytirildi

Farmon bilan (PF-159, 13.09.2023-y.) Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Shunga koʻra, davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatiga quyidagilar kiritildi:

  • Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari (ota-onasi, halok boʻlgan vaqtda qonuniy nikohda boʻlgan xotini (eri) va farzandlari).

Shuningdek, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan koʻshimchaga koʻra:

  • Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganda, uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi (oliy harbiy-taʼlim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.

Mazkur nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga toʻlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech