11:46 (16.08.2023)

2012

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʼim bekor qilinadi

Prezident farmoni (PF–140, 15.08.2023 y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʼzgartirishlar kiritildi.

Shunga koʼra:

♦ 2024 yil 1 yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;

♦ 2024 yil 1 yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga oʼzgartirish kiritiladi;

♦ 2025 yil 1 yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʼim bekor qilinadi.

 Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

♦ 2023 yil 1 oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) boʼyicha;

♦ 2024 yil 1 yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish boʼyicha;

♦ 2023 yil 1 noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yigʼimlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish boʼyicha.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech