09:00 (26.10.2023)

1039

Dorixona sotuvchisi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini noqonuniy sotgan vaqtida ushlandi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahri, Beruniy koʼchasida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.Sh. va I.M. fuqaro G.K.ga 1 000 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 18 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Furqat tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “K.H.” MChJ dorixonasi sotuvchisi M.M. fuqaro D.M.ga 61 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech