13:58 (10.08.2023)
1835
Endpoints News xabariga ko'ra, televideniye va radioda dori vositalarini reklama qilishni tartibga soluvchi qoidalarning yangi tahriri allaqachon "yakunlanish arafasida".
FDA to'g'ridan-to'g'ri iste'molchiga yo'naltirilgan retsept bo`yicha beriladigan dori vositalarining reklamasiga kiritilgan o'zgarishlarni oxirgi marta muhokama qilganidan beri 10 yildan ortiq vaqt o'tdi. Ammo endi u reklamani yanada "aniq, tushunarli va neytral" qilishga qaratilgan taklifni ilgari surmoqda.
Dori vositalarini reklama qilish qoidalarining yakuniy versiyasi hozirda AQSh ma'muriy ishlar va byudjet idorasi tomonidan qayta ko'rib chiqilmoqda. Boshqa masalalar qatorida, ushbu agentlik farmatsevtika mahsulotlarini reklama qilish bilan bog'liq asosiy xavflarni baholashni ham amalga oshiradi.
Idoraning bayonotiga ko'ra, televideniye va radio kabi ommaviy axborot vositalari orqali retsept bo'yicha beriladigan dori vositalarining to'g'ridan-to'g'ri iste'molchiga yo`naltirilgan asosiy bayonotida mahsulotning yon ta'siri va qarshi ko`rsatmalarini oshkor qilishi kerak. (“Asosiy bayonot” – bu faqat Rx dori vositalari uchun efirga uzatiladigan (televidenie yoki radioda) reklamalarni nazarda tutuvchi atama. Bu dori vositalarining eng muhim xavflari haqidagi taqdimotni anglatadi, ular eshittiriliishi yoki videoga kiritilishi kerak).
Yangi qoidalarda ushbu reklamalardagi asosiy bayonot to'g'ri taqdim etilganligini aniqlash uchun standartlarni belgilash ham rejalashtirilgan.