14:50 (13.09.2023)
1090
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazida gemotopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi.
Shuningdek, virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davolash yoʻlga qoʻyiladi.