09:08 (04.08.2023)

1568

Hindistonning Riemann Labs laboratoriyasi zaharli yoʼtal siroplari savdosiga aloqadorligi sababli yopildi

Hindiston hukumati boshqa farm mahsulotlari qatori yoʼtal siroplarini ishlab chiqaradigan va eksport qiladigan Riemann Labs farmatsevtika kompaniyasini toʼxtatishni buyurdi, deb xabar bermoqda Reuters. Bu zaharli siroplar tufayli yuzlab bolalarning oʼlimiga oid tergov doirasida mamlakatda sanksiya qoʼyilgan oltinchi kompaniyadir.

Kompaniya tomonidan Kamerunga Naturcold savdo belgisi ostida yoʼtal va shamollash siroplari eksport qilingan. Oʼtgan oy Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti Naturcoldning kamida bitta partiyasida oʼsha mamlakatda bolalarni oʼldirishi mumkin boʼlgan juda yuqori darajadagi zaharli birikma borligi aniqlanganini aytdi.

Riemann Labs rahbarlari boʼlib oʼtgan hodisalar toʼgʼrisida xabari boʼlmagan, deb takidlanadi manbada. Jurnalistlar tomonidan kompaniya vakillaridan ularning mahsuloti boʼlib oʼtgan fojeaga aloqasi borligi toʼgʼrisida hech qanday maʼlumot ololmadilar.

Maʼlumki, Naturcoldning soʼnggi partiyasi 2022 yil mart oyida Riemann Labs tomonidan chiqarilgan va shundan soʼng yoʼtalga qarshi vositani ishlab chiqarish huquqi Buyuk Britaniyada roʼyxatdan oʼtgan Fraken International kompaniyasiga oʼtgan. Biroq, Buyuk Britaniya rasmiylari mamlakatda bunday kompaniya yoʼqligini aytib, bu maʼlumotlarni tasdiqlamagan.

Kamerun aholisidan tashqari, Gambiya, Indoneziya va Oʼzbekistondagi oilalar hind siroplaridan zarar koʼrgan. Oʼlganlarning aniq soni nomaʼlum, ommaviy axborot vositalari kamida 300 kishining oʼlganini xabar qilmoqda. Avvalroq Hindiston yana uchta kompaniyaning (Yarindo Farmatama, Universal Pharmaceutical Industries, AFI Farma) ishlab chiqarish litsenziyalarini toʼxtatib qoʼygan, shuningdek, Maiden Pharmaceuticals va Marion Biotech faoliyatini taqiqlagan edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech