17:50 (17.09.2024)

434

“Imudon” dorisining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona jarimaga tortildi

“Anestpharma” MCHJ “Nest IMUDON” kontrafakt dori vositasini ishlab chiqargani uchun 68 million so‘m jarimaga tortildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti.

Tekshiruv “Abbott Products Operations AG” kompaniyasining o‘ziga tegishli “IMUDON” dori vositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati asosida o‘tkazilgan. Xabarda aytilishicha, kontrafakt dorining nomi va qadoqlari asl “IMUDON” ga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Korxona, avvalroq "Magne B6" kontrafakt dori vositasini ishlab chiqargani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandi, deya qo‘shimcha qildi departament.

Ma’lumot uchun, tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech