17:40 (28.11.2023)

1039

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga "Ishonch telefonlari"ni tekshirish yuklatildi

Prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish vazifasi yuklatildi.

“Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri:

-davlat organlari va tashkilotlaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) hamda ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, maʼlumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, shu jumladan, tezkorligi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi darajasini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.

Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan aloqa vositalaridan (telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta va boshqa aloqa kanallari) foydalangan holda masofaviy tartibda oʻtkaziladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech