08:55 (26.09.2024)
429
Davlat Dumasi farmatsevtika mahsulotlarini, ayniqsa xorijiy mahsulotlarni reklaman qilish qoidalarini kuchaytirish zarur deb hisoblaydi. Xususan, ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalaridan tashqari har qanday platformada dori vositalarini reklama qilishni taqiqlashni taklif qilindi.
Ularning fikricha, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning reklamasi tufayli mahalliy farmatsevtika kompaniyalarining mahsulotlari soyada qolmoqda.
"Inson dorixonaga keladi va beixtiyor reklama sabab ongiga singib qolgan dorilarni tanlaydi. Garchi mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari bir necha baravar arzonroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan analogni taqdim qilsalar ham, ular bu haqda bilishmaydi.", deydi deputatlar.
Ularning fikricha, farmatsevtlar ham xaridorga arzonroq variantdagi mahalliy dorini sotishdan manfaatdor emas. Reklamadagi cheklovlar mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab quvvatlash bilan bir qatorda, iste’molchilarga arzon narxda davolanish imkoni berishi mumkin.