13:12 (13.11.2023)

986

Kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari savdosiga chek qoʼyildi

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan noqonuniy shugʼullanish javobgarlikka sabab boʼladi. Shunga qarmay bu ishga qoʼl urayotganlar uchramoqda.

Samarqand tumanida joylashgan “Sitora Daler” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi, 1983 yilda tugʼilgan fuqaro Z.T. boshqa bir shaxsga 44 dona “Tebantin 300 mg” yozuvi boʼlgan dori vositasini 350 ming soʼmga sotayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʼlga olindi.

Ushbu dorixona Samarqand tumani Mirzo Ulugʼbek mahallasida roʼyxatda turuvchi, 1983 yilda tugʼilgan xususiy tadbirkor B.R.ga tegishli boʼlib, Z.T. mazkur dorixonada sotuvchilik faoliyati bilan shugʼullanib kelayotganligi aniqlandi.

Z.T.dan dorixona ichida shunday dori vositalaridan yana bor yoki yoʼqligi soʼralganida “Tebantin 300 mg” (gabapentin) yozuvi boʼlgan 336 dona tabletkalar borligini aytib, ushbu dorilarni oʼz ixtiyori bilan topshirdi. Natijada umumiy 380 dona shu turdagi dori vositasi xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech