11:50 (13.10.2023)
1000
Prezident farmoni (PF-168, 12.10.2023 y.) bilan “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʼini jadal rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmonga oʼzgartirish kiritildi.
Unga koʼra, 2024 yil 1 yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablagʼlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat roʼyxatidan oʼtkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha boʼlgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi. (Ilgari 3 yil edi)