15:06 (25.07.2023)

2064

Mehnatga layoqatsizlik varaqalar haqida nimalarni bilishimiz kerak

Mehnatga layoqatsizlik varaqalari eng koʼp marotaba rasmiylashtiriladigan xujjat dib aytsak mubolagʼa boʼlmaydi. Shuning uchun Аdliya vazirligi Huquqni qoʼllash departamenti  tomonidan aynan ana shu xujjat borasida eng koʼp marotaba beriladigan savollarga javoblar berildi. 

Qanday hollarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi?

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi quyidagi hollarda beriladi:

  • fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi;
  • oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi;
  • protez qoʼydirganligi;
  • sanatoriy-kurortda davolanganligi;
  • sogʼligʼi holatiga koʼra boshqa ishga oʼtkazish uchun;
  • karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlash uchun.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi faqat davlat tibbiyot muassasalarida beriladimi?

Yoʼq. Qoida tariqasida, davlat sogʼliqni saqlash tizimi davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi. Аgar davlat tashkilotlarda oʼzlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʼlsa, ular tomonidan ham berilishi mumkin. Xususiy klinikalar ham mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berishga haqli. Bunda muassasa mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish boʼyicha yetarli malakali xodimga ega boʼlishi shart.

Oʼquvchi, talaba yoki magistrantning oʼqishga vaqtincha layoqatsizligi qanday rasmiylashtiriladi?

Oʼquvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning oʼqishga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi. Bunda maʼlumotnomalar, qoida tariqasida, davlat tibbiyot muassasalari, shuningdek, davlat tashkilotlariga qarashli tibbiy muassasalarning shifokorlari tomonidan beriladi.

“Tez yordam” shifokori mehnatga layoqatsizlik varaqasini berishi mumkinmi?

Yoʼq. Tez tibbiy yordam xizmati tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqalari berilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.

Shuningdek, quyidagilar tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqalari berilishi taqiqlanadi:

  • shifoxonalarning qabul boʼlimlari;
  • sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
  • pantsionat va sanatoriy-kurortlar (sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno);
  • fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari boʼyicha tibbiy muassasalar.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi qancha muddatga beriladi?

Аmbulatoriya sharoitida davolanishda davolovchi shifokor yakka oʼzi besh kalendar kunigacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishi mumkin. Besh kalendar kunidan oshganda mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddati davolovchi shifokor va boʼlim mudiri tomonidan har safar oʼn kalendar kundan ortiq boʼlmagan muddatga uzaytiriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech