08:44 (11.09.2024)
568
Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida nazorat xaridi tadbiri o‘tkazildi.
Unda “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning 7 ta turi xarid qilindi va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan uchta laboratoriyaga topshirildi.
Laboratoriya xulosasiga ko‘ra, muzqaymoq qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”,“Shokoladli”, “Olxo‘ri mevali” va “Plombir” turlari tarkibida ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlanganligi sababli bakteriologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha SanPin 0366-19 talablariga nomuvofiq deb topildi.
Shuningdek, mahsulotlar tarkibida shakar miqdori belgilangan me’yorlardan ikki barobarga ko‘pligi hamda iste’molchiga tegishli bo‘lgan 10 ga yaqin zarur ma’lumotlar taqdim etilmaganligi aniqlangan.