18:00 (26.11.2024)

11

Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 29-avgustdagi 16-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” tasdiqlangan.

Mazkur rejaga muvofiq, vazirlik va idoralar tomonidan o‘z faoliyatlari ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarni joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Ochiq eshiklar kunida “Korrupsiya global illat” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Ma’lumki, korrupsiya - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri sanaladi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Komplayens-nazorat xizmati tomonidan muntazam ravishda ayni shu yo‘nalishda huquqiy-targ‘ibot yig‘ilishlari o‘tkazib kelinadi. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida kompaniya va uning tarkibidagi jamiyatlar xodimlari ishtirokida 7 marta yig‘ilishlar o‘tkazilgan.

Shuningdek, Kompaniyaning “Komplayens-nazorat” xizmati va tegishli tarmoqlari tomonidan o‘rganishlar natijasida 11 ta aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 7 ta holat bo‘yicha 18 mlrd. 793,1 mln. so‘m yetkazilgan zarar summasi bo‘yicha to‘plangan xujjatlar qonuniy choralar ko‘rishlik uchun huquqni muxofaza qiluvchi organlariga yuborilgan bo‘lib, ushbu holatlar yuzasidan 4 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida jami 24 ta fuqarolar va yuridik shaxslardan ariza va murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.

Ochiq eshiklar kuni tadbiri davomida kompaniya ish faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish, bunda korrupsiya illati va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, mazkur jarayonda har bir bo‘g‘inda faoliyat olib borayotgan xodimlarning mas’uliyatini oshirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech