15:22 (09.08.2023)
2231
Joriy yilning dastlabki yarmida Oʼzbekistonda qayd etilgan oʼlimlar soni oʼtgan yildagiga nisbatan 1100 taga kamaydi. Quyida Statistika agentligining oʼlim koʼrsatkichlariga doir maʼlumotlari taqdim etiladi.
Vafot etganlar soni
Mamlakatda 2023 yil yanvar—iyun oylarida vafot etganlar soni 79,8 ming kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar 44 100 nafar, ayollar 35 700 nafar. Vafot etganlar soni shahar joylarida 42 400 kishini, qishloq joylarida 37 400 kishini tashkil etdi.
Jami vafot etganlarning 55,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar, 23,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 20,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar boʼlgan.
Oʼlim sabablari
Statistika agentligi axborotiga koʼra, yarim yil davomida qayd etilgan oʼlim holatlarining 51,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 11,5 foizi nafas olish aʼzolari kasalliklaridan, 9,5 foizi oʼsimtalardan ekani aniqlangan. Yana 4,4 foiz odam ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, 3,6 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar, 1,4 foizi yuqumli va parazitar kasalliklar hamda 17,7 foizi boshqa kasalliklardan oʼlim topgan.