17:30 (17.07.2024)

23

Osiyo taraqqiyot banki Oʼzbekistonda perinatal xizmatni yaxshilash uchun 100 million dollar kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki matbuot xizmatining xabar berishicha, bank Oʼzbekiston hukumatiga homilador ayollar va ularning yangi tugʼilgan chaqaloqlari uchun perinatal sogʼliqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga yordam berish uchun 100 million АQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maʼqulladi.

Integratsiyalashgan perinatal yordam loyihasi hukumatga butun mamlakat boʼylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan klinik standartlar va protokollar, tibbiyot xodimlarining salohiyati va sifatini taʼminlashda yordam beradi.

Loyiha, shuningdek, perinatal yoʼllanma tizimini takomillashtiradi. Tez yordam guruhlarini kuchaytirish hamda sogʼliq uchun xavflarni erta aniqlash, homiladorlik monitoringi uchun bemorlarning elektron qaydlarini joriy etish orqali tegishli va oʼz vaqtida hayotni saqlab qoluvchi yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

– Osiyo taraqqiyot banki koʼmagi hukumatga maqsadli xabardorlikni oshirish va xulq-atvorni oʼzgartirish boʼyicha tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek, homilador ayollar va onalarni tibbiy xizmatlarga murojaat qilishga undash uchun akusherlar va hamshiralarni oʼqitishga yordam beradi, – dedi Osiyo taraqqiyot bankining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Аraya.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mamlakatimizga homilador ayollar va chaqaloqlar uchun perinatal tibbiy xizmatlarni yaxshilashga koʼmaklashish maqsadida 100 million АQSh dollari miqdorida imtiyozli qarz ajratadi.

Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston 1995 yilda OTBga aʼzo boʼlgan. Oʼtgan davr mobaynida mazkur bank mamlakatimizga 12,5 milliard АQSh dollari miqdorida qarzlar, grantlar ajratgan hamda texnik yordam koʼrsatgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech