13:21 (04.09.2023)
1040
Shifokor sogʻlom turmush tarziga amal qilishning 4 ta asosiy usulini maʼlum qildi.
Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari noinfeksion xastaliklar bilan bogʻliq. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ergashev maʼlum qildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, inson salomatligi 55 foiz holatda sogʻlom turmush tarziga bogʻliq.
Ortiqcha vazn yoki biror yondosh kasalliklari bor, sogʻligʻiga yetarlicha eʼtibor bermaydigan kishilarda har qanday kasallik ogʻir kechadi. Aksincha, immuniteti kuchli, sogʻlom turmush tarziga amal qiluvchi insonlar, yoshidan qatʼiy nazar, xastalikni tez va oson yengib oʻtadi.
Sogʻlom turmush tarziga amal qilmaslik noinfeksion kasalliklarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Bular:
-yurak-qon tomir;
-qandli diabet;
-onkologik;
-nafas yoʻllari xastaliklari kabilar boʻlib, Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari ayni shu xastaliklar bilan bogʻliq, deydi shifokor.
Shifokor yuqumli boʻlmagan xastaliklarga chalinmaslik uchun birinchi navbatda toʻgʻri hayot tarzini yoʻlga qoʻyish kerakligini maʼlum qildi.
Sogʻlom turmush tarziga amal qilishning 4 ta asosiy usuli mavjud:
-toʻgʻri ovqatlanish;
-jismoniy faollik;
-ruhiy salomatlik;
-zararli odatlardan voz kechish.
“Qachonki, xalqimiz ongli ravishda oʻz istagi bilan sogʻlom turmush tarzi qoidalariga amal qilishga odatlansa, uni hayotini bir boʻlagi sifatida qarasagina samarali natijaga erishish mumkin”, deya qoʻshimcha qildi u.