16:29 (09.03.2023)

2001

Oʼzbekistonda davlat xizmatchilari asosan qanday kasalliklarga chalinishi maʼlum qilindi

6 ming nafarga yaqin davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Cogʼliqni saqlash vazirligi hamdaa hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5 744 nafar davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy koʼrikdan oʼtkazishdi.

Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi.

Tibbiyot xodimlarining xulosalariga koʼra, hokimlik xodimlari oʼrtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), koʼz va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.

Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʼrish boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli koʼrsatmalar yuborildi, jarayon davom etmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech