15:00 (18.08.2023)
1057
Prezident nutqida: joriy yilgi muloqot arafasida tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushdi.
Ular koʼtargan asosiy masalalar – kredit va moliyaviy yordamni kengaytirish (jami murojaatlarning 26 foizi), biznesni joy va infratuzilma bilan taʼminlash (21 foiz), soliq tizimini soddalashtirish (10 foiz), tekshirishlar va ortiqcha byurokratiyani keskin qisqartirish (8 foiz) bilan bogʼliq.
Oldingi ochiq muloqotlarga tayyorgarlik davomida koʼtarilgan masalalarning 80 foizi individual xususiyatga ega boʼlib, koʼplari joyida hal qilingan edi. Bu safar 70 foiz tadbirkorlar tizimli muammolarni yechimlari bilan taklif qilishmoqda.
Tadbirkorlarimiz faqat oʼziga emas, butun sohaga naf keltiradigan masalalarni koʼtarayotgani quvonarli, dedi davlatimiz rahbari va ochiq muloqot natijalari boʼyicha qabul qilinadigan qarorlarda bularning barchasi inobatga olinishini taʼkidladi.