15:22 (18.08.2023)
1279
Xalqaro konsulьtantlarni jalb qilgan holda elektrotexnika, toʼqimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, polimer, kimyo va oziq-ovqat sanoati boʼyicha 140 ta tayyor loyiha ishlab chiqildi.
Bugun ochiq muloqotda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga “140 ta ilgʼor sanoat korxonasi” loyihalari taqdimot qilindi.
Ushbu loyihalarning jami qiymati 10 milliard dollarga teng boʼlib, ularda 60 mingta ish oʼrinlarini yaratish, yiliga 5 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 2,5 milliard dollarlik eksport qilish koʼzda tutilgan.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlarni ushbu dasturda ishtirok etishga chaqirdi. Ular qiziqish bildirsa, hozirdayoq shartnoma tuzilishi mumkinligini, joyi ham, mablagʼi ham, infratuzilmasi ham hozirning oʼzida hal qilinishi taʼkidlandi.
Dasturga kirgan korxonalarga Sanoatni rivojlantirish jamgʼarmasi hisobidan 10 yil muddatga past foizli kreditlar ajratiladi.