08:59 (06.07.2023)
2355
Prezident tomonidan 03.07.2023 yildagi “Raqobat toʼgʼrisida”gi OʼRQ-850-son Qonun imzolandi.
Hujjatga muvofiq monopoliyaga qarshi organ sifatida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi belgilanmoqda, u Prezident va Senatga hisobdor boʼlib oʼz faoliyatini boshqa organlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish boʼyicha talablar belgilanmoqda.
Maʼlumot uchun: monopoliyaga qarshi komplayens – faoliyatning raqobat toʼgʼrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish boʼyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.
Quyidagi tashkilotlarda monopoliyaga qarshi komplaensga maʼsul shaxs tayinlanishi lozim:
Shuningdek, ustun muzokara kuchi tushunchasi joriy etilmoqda. Ustun mavqega ega boʼlmagan xoʼjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʼrsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 04.10.2023 yildan kuchga kiradi.