15:15 (30.09.2024)
503
Qatardagi Weill Cornell Medicine tadqiqotchilari plastik idishga solingan suvning odam salomatligi va atrof-muhit uchun xavfliligini aniqlashdi.
Mualliflarning ta’kidlashicha, plastik idishdagi suv ko‘pincha vodoprovod suvi uchun talab qilinadigan qat’iy sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermaydi. Olimlar suvning, ayniqsa, plastik idishlarda uzoq vaqt saqlanganda yoki yuqori harorat ta’sir ko‘rsatganda mazkur idishlardan kimyoviy moddalar ajralib chiqishini ta’kidlashdi. Misol uchun, bu gormonal tizimni buzadigan mikroplastiklar bo‘lishi mumkin.
Tahlil qilish uchun olimlar turli manbalardan to‘plangan suv sifati ma’lumotlaridan foydalanishdi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, plastik idishdagi suv namunalarida 10 foizdan 78 foizigacha mikroplastiklar va boshqa ftalatlar va bisfenol A kabi ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lib, ular oksidlovchi stress va yurak-qon tomir muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
Tadqiqot shuningdek, plastik idishlarning atrof-muhitga yetkazadigan zararini ham ko‘rsatdi. Olimlarning fikriga ko‘ra, plastik idishlarning atigi 9 foizi qayta ishlanadi, qolganlari poligonlarda yoki okeanlarda qolib ketadi va u yerda ular ikkinchi eng keng tarqalgan ifloslantiruvchi moddalarga aylanadi. Plastik ishlab chiqarilishi va utilizatsiyasi issiqxona gazlari emissiyasiga sezilarli hissa qo‘shadi.
Tadqiqot mualliflari, ayniqsa, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda bir martalik plastik idishlardan foydalanishni cheklash va xavfsiz vodoprovod suvi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘proq choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Bu nafaqat atrof-muhitga ta’sirni, balki sog‘liq uchun xavflarni ham kamaytiradi.