08:50 (10.10.2024)

74

Reimbursatsiya tizimida ishtirok etadigan dorixonalarning qanday majburiyati bor?

Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi Nizomga ko`ra, reimbursatsiya tizimida ishtirok etadigan dorixonalarga mazkur dastur asosida beriladigan dori vositalarining doimiy mavjud bo‘lishini kafolatlash va chakana savdo tarmoqlarida uzluksiz mavjudligini ta’minlash mas’uliyati yuklatiladi.

Bunda dorixona dori vositalarining yetkazib berilishidagi uzilish holatlari to‘g‘risida Jamg‘armani yetti kun avval xabardor qilishi lozim.

Jamg‘arma bilan tuzilgan shartnomaga asosan dorixona axborot tizimiga ulanadi va 5 ish kuni ichida reimbursatsiya tizimida ishtirok etuvchi o‘z filiallari hamda axborot dasturida ishlashga ruxsat berilgan xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotni Jamg‘armaga taqdim etadi.

Reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari bo‘yicha dorixonalarning xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma tomonidan cheklangan qoplash qiymati doirasida qoplab beriladi.

Dorixona tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari uchun bemordan to‘lov olinganligi hamda reimbursatsiya dasturi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlanganda Jamg‘arma:

birinchi marotaba — ogohlantirish berish;

ikkinchi marotaba — bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilgan holda dorixonani reimbursatsiya dasturidan chiqarish huquqiga ega.

Bunda reimbursatsiya dasturidan chiqarilgan dorixona xodimlarining axborot dasturiga kirishi to‘xtatiladi va xabarnoma berilgan kundan keyin berilgan dori vositalari uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech