11:47 (09.10.2024)
455
Joriy yilning 29-sentyabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasini qayd etgani sabab Oʻzbekistonda ham kasallikni oldini olish choralarini kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya epidemiologiya qoʻmitasi xabar berdi.
Joriy yilning 28-sentyabr holatiga koʻra, Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan kasallanish holati roʻyxatga olingan va shundan 6 ta holatda oʻlim qayd etilgan. JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning koʻplab mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.
Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:
“Shu oʻrinda fuqarolarimizga jiddiy xavotirga oʻrin yoʻqligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.