08:50 (09.10.2024)

61

Tahlil: “Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida “103” xizmatiga mamlakatimiz bo‘yicha jami 9 million 958 ming 507 ta murojaat qayd etilgan.

Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya’ni 7 million 107 ming 703 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar – 2 million 531 ming 699 ta va tug‘uruqlar – 64 ming 446 tani tashkil qilgan.

Eng ko‘p murojaatlar:

♦ Farg‘ona viloyati — 1 040 546 ta;

♦ Andijon viloyati — 1 013 131 ta;

♦ Toshkent shahri — 1 007 327 ta; ♦ Toshkent viloyati — 933 600 ta;

♦ Namangan viloyati — 905 000 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (296 046 ta), Sirdaryo viloyati (335 010 ta), Jizzax viloyati (399 342 ta) va Buxoro viloyatida (482 325 ta) hamda Xorazm viloyatida (489 761 ta) kuzatilgan.

Shuningdek, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida “103” xizmatiga jami 1 990 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan, 1 287 ta holatda tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv manziliga yetib borgach, eshikni ochmaslik vaziyati qayd etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 9 oyida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 357 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 321 ta. Shuningdek, Toshkent shahridan 249 ta ana shunday murojaat kelib tushgan. Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 6 ta!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech