14:50 (08.10.2024)
374
Sun’iy intellekt miopiyani oldini olishga yordam berdi
Amerikalik shifokorlar ko‘rish bilan bog‘liq muammolarni diagnostika qilish uchun sun’iy intellekt (SI) modelidan foydalanishni taklif qilishdi. Tadqiqot JAMA Ophthalmology jurnalida chop etilgan.
Arizona shtati universiteti (AQSH) olimlarining fikriga ko‘ra, ko‘z tubidagi qaytmas o‘zgarishlar majmui bilan bog‘liq bo‘lgan miopik makulopatiya (miopiyaning eng yuqori darajasi) dunyoda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sababidir. 2015-yilda u tufayli 10 million kishi ko‘rish bilan bog‘liq muammolariga duch kelgan yoki ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan. Mutaxassislar kasallikni sun’iy intellekt yordamida bashorat qilishni taklif qilishdi.
Miopik makulopatiya ham uzoqni ko‘ra olmaslik bilan bog‘liq, lekin uni profilaktik tadqiqotlar o‘tkazish orqali oldini olish mumkin. Muammo shundaki, kasallikni erta bosqichlarda aniqlashga yordam beradigan optik kogerent tomografiya muolajasi qimmat va ko‘p mehnat talab qiladi. Shu sababli, masalan, qishloq aholisining bunday xizmatlardan foydalanishi cheklangan. Tadqiqotchilar sun’iy intellekt nazorati ostida profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazishni taklif qildilar.
Maxsus yaratilgan model to‘r parda tasvirlarini samarali skanerlashi va miopik makulopatiyaning to‘g‘ri tasnifini bashorat qilishi mumkin.
"Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar mavjud bo‘lishi bilanoq, ular butun dunyo aholisining, shu jumladan rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchilarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi," — dedi professor Yalin Van ixtiro haqida.