17:42 (08.10.2024)
661
Endi Android tizimida qon bosimini o‘lchash mumkin
Android uchun maxsus uskunani talab qilmasdan smartfon yordamida qon bosimini o‘lchash imkonini beruvchi yangi dastur ishga tushirildi.
Xabarlarga ko‘ra, Pittsburg universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu dastur impuls bosimini baholash uchun akselerometr, kamera va sensorlardan foydalanadi. Bu, ayniqsa, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun foydalidir.
Ilova smartfon ekranidagi qo‘lning holati va barmoq bosimiga qarab gidrostatik bosimdagi o‘zgarishlarni tahlil qiladi.
Biotibbiyot muhandisi Ramakrishna Mukkamalaning so‘zlariga ko‘ra, bu muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlarda gipertoniya kasalligini aniqlashga yordam beradi.