15:55 (22.05.2023)

2547

Dunyoning eng yaxshi shifoxonalari reytingi

Аmerikaning Newsweek jurnali Statista bilan birgalikda dunyodagi eng yaxshi shifoxonalarning yillik roʼyxatini eʼlon qildi.

Kasal boʼlib, davolanishga muhtoj boʼlganimizda, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish har doim asosiy masalalardan biridir. Oxirgi besh yil davomida Newsweyek dunyoning eng yaxshi kasalxonalari reytingini aniqlash uchun Statistabilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Reyting ustida ishlash jarayonida 28 ta davlatdagi 2300 ta kasalxonadagi vaziyat oʼrganilib, eng yaxshi 250 ta kasalxona roʼyxati tuzildi. Shuningdek, roʼyxat innovatsiyalar, xizmat koʼrsatish standartlari va tadqiqotlar kabi koʼrsatkichlar boʼyicha taqqoslangan ixtisoslashgan shifoxonalarni oʼz ichiga oldi. Mamlakatlar turmush darajasi, oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi, aholi soni, shifoxonalar soni va maʼlumotlar mavjudligi kabi maʼlum omillar asosida tanlangan. Bundan tashqari, natijalarda gigiena koʼrsatkichlari kabi sifat koʼrsatkichlari hisobga olingan.

Onlayn soʼrovda 80 000 dan ortiq tibbiyot mutaxassislari ishtirok etdi va bemorlarning fikr-mulohazalari ham inobatga olindi.

Newsweek maʼlumotlariga koʼra, "Dunyoning eng yaxshi shifoxonalari doimiy ravishda eng yaxshi mutaxassislarni jalb qiladi va bemorlarga eng yaxshi natijalarini taqdim etadi. Eng muhim yangi davolash usullarini tatbiq etib, tadqiqotlarni olib boradi".

Qaysi Yevropa davlatlari kuchli 10 talikka kiradi?

Tadqiqotga koʼra, qitʼadagi eng yaxshi shifoxonalar Shvetsiya, Germaniya va Frantsiyada.

Qaysi davlatda eng yaxshi shifoxonalar bor?

Roʼyxat bilan tanishib, maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech