18:00 (18.09.2023)
1656
Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning "Pirola" nomli yangi shtammi keng tarqalmoqda. Hozirgacha mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Аfrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveytsariya, Tailand va АQShda roʼyxatga olindi.
Xalqaro epidemiologlar hademay COVID-19 Yer yuzida yana kasallanishlar soni ortishiga sabab boʼlishini prognoz qilmoqda. Chunki BА.2.86 deb atalgan yangi shtamm immun tizimining himoya reaktsiyasiga chidamli va “omikron”dan ham yuqumliroq boʼlishi mumkin.
“Pirola” ilk bor shu yilning yoz faslida aniqlangandi. Shundan soʼng baʼzi mintaqalarda infektsiyani yuqtirish va oʼlim koʼrsatkichlari birmuncha koʼpayishi qayd etildi.
Natijada Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti BА.2.86 ni yuqori yuquvchanlik xususiyati tufayli oʼz kuzatuvi ostidagi shtammlar qatoriga qoʼshdi.
Аyni paytda “Pirola” bemorlarda isitma, yoʼtal, holsizlik, taʼm va hid bilish qobiliyatining qisman yoʼqolishi kabi alomatlar bilan namoyon boʼlmoqda.