09:00 (05.09.2024)
493
Prezident huzurida oʻtkazilgan taqdimotda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shu yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda.
Buning uchun 2024-yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi.Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.
Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sugʻurta doirasida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.